Iqtisod

Qarzni yopish QQS bo‘yicha nol stavkani bermaydi

Qarzni yopish QQS bo‘yicha nol stavkani bermaydi
Qarzni yopish QQS bo‘yicha nol stavkani bermaydi / Foto: Soliq qo'mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Eksport operatsiyasi bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzdorligini tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan so‘ndirish QQSning nol foizli stavkasini qo‘llash huquqini bermaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yangi yondashuvlar asosida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-176-son Farmoniga muvofiq, tadbirkor tomonidan mustaqil ravishda bank hisobvarag‘iga kiritilgan mablag‘lar eksport tushumi sifatida eʼtirof etilmaydi.

Bunda kiritilgan mablag‘lar “E-kontrakt” tizimidagi qarzdorlikni kamaytiradi va undirilmagan jarimaning bir qismini mutanosib ravishda bekor qilish imkonini beradi.

Biroq bunday mablag‘lar QQSning nol foizli stavkasini qo‘llash uchun asos bo‘lmaydi.

Shu tariqa, qarzdorlikni o‘z mablag‘lari hisobidan so‘ndirish eksport tushumining kelib tushishini almashtirmaydi va o‘z-o‘zidan QQSning nol foizli stavkasini qo‘llash huquqini bermaydi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.