Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev 14 sentyabr kuni O‘zbekistondagi Falastin Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vail Axmed Battrexi bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Muzokaralar davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdi hamda o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Bundan tashqari, suhbatdoshlar qator xalqaro muammolarni ko‘rib chiqdi.