Sodiq Safoyev va Stiv Deyns O‘zbekiston–AQSH munosabatlarini muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev AQSH senatori, Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus hamraisi Stiv Deyns bilan uchrashdi.
Tomonlar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish va mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston Senati xabar berdi.
Stiv Deyns O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va mamlakatning barqaror rivojlanishini yuqori baholab, ikki davlat o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi.
Suhbat davomida tomonlar Markaziy Osiyoda transport va iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, xususan, O‘rta yo‘lakni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi. Senator O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim rolini alohida qayd etdi.
Uchrashuv yakunida Stiv Deyns AQSH Kongressi Senatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligini izchil davom ettirish muhimligini taʼkidladi va O‘zbekiston hamda AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da chuqurlashtirishga tayyorligini bildirdi.