Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 795,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,9 foizga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Yetti oy davomida eng ko‘p sanoat mahsuloti Navoiy viloyatida ishlab chiqarildi — 182,7 trln so‘m. Ikkinchi o‘rinda 135,4 trln so‘mlik ko‘rsatkich bilan Toshkent shahri, uchinchi o‘rinda esa 124,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan Toshkent viloyati qayd etildi.
TOP-5 talikka, shuningdek, 64,6 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqargan Andijon viloyati hamda 43,4 trln so‘mlik ko‘rsatkichga ega Samarqand viloyati kirdi.
Keyingi o‘rinlarni Farg‘ona viloyati — 39,2 trln so‘m, Qashqadaryo viloyati — 33,8 trln so‘m, Buxoro viloyati — 32,4 trln so‘m, Namangan viloyati — 28,3 trln so‘m va Jizzax viloyati — 26 trln so‘m bilan egalladi.
Xorazm viloyatida sanoat ishlab chiqarishi hajmi 23,4 trln so‘mni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 19,7 trln so‘mni, Sirdaryo viloyatida 17,9 trln so‘mni, Surxondaryo viloyatida esa 15,1 trln so‘mni tashkil etdi.
Shunday qilib, 2026 yil yanvar–iyul oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat ishlab chiqarishining eng yuqori hajmlari Navoiy viloyati, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qayd etildi.