O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Zangiota tumanida energiya saqlash tizimi ishga tushirildi

Dilafro'z Niyazova · 05.09.2026 · 11:30 · 36 views
Zangiota tumanida energiya saqlash tizimi ishga tushirildi
Zangiota tumanida energiya saqlash tizimi ishga tushirildi / Foto: Energetika vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 4 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida quvvati 175 MVt va sig‘imi 350 MVt·soat bo‘lgan energiya saqlash tizimi elektr tarmog‘iga ulandi. Qiymati 85 mln dollarlik loyiha xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.

 

Ulanish kuni obyektga energetika vaziri Sherzod Xo‘jayev tashrif buyurdi. U energiya saqlash tizimini ishga tushirish va uni elektr tarmog‘iga ulash jarayoni bilan tanishdi.

Ayni vaqtda tizim elektr tarmog‘iga ulangan. Obyektni to‘liq quvvatda ishga tushirish sentyabr oyi oxiriga qadar rejalashtirilgan.

Yangi tizim elektr tarmog‘ining yuqori yuklama davrlarida barqaror ishlashini taʼminlashga mo‘ljallangan. Jamg‘arilgan elektr energiyasidan sutkasiga ikki marta, har safar ikki soat davomida foydalanish mumkin bo‘ladi.

Tizimning quvvati 175 MVtni, sig‘imi esa 350 MVt·soatni tashkil etadi.

Energetika vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, talab yuqori bo‘lgan soatlarda jamg‘arilgan energiyadan foydalanish elektr tarmog‘i ishini barqarorlashtirish imkonini beradi.