Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş va raqobatni rivojlantiriş qömitasi tomonidan tahlil qilingan mikrozaym şartnomalaridan birida qarz miqdori 19 mln 656 ming sömni taşkil etgan.
Qarz oluvçining bank kartasiga esa atigi 13 mln 650 ming söm kelib tuşgan. Qolgan 6 mln 6 ming söm kredit ajratilayotganda operator xizmati uçun tölov sifatida avtomatik ravişda uşlab qolingan.
Şu bilan birga, qarzni qaytariş majburiyati şartnomada körsatilgan töliq summa böyiça yuzaga keladi. Bu haqda Özbekiston Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.
Qömita ma’lumotlariga köra, bugungi kunda mikrozaymni mobil ilova orqali bir neça daqiqa içida rasmiylaştiriş mumkin. Biroq aynan şu qulaylik köpinça iste’molçilar şartnoma şartlarini örganmasdan turib, moliyaviy majburiyatlarni zimmasiga olişiga sabab bölmoqda.
Kelib tuşayotgan murojaatlar tahlili şuni körsatadiki, qarz oluvçilar köpinça şartnomani töliq öqimaydi, öz huquq va majburiyatlarini yetarliça bilmaydi hamda tölovni keçiktiriş oqibatlarini oldindan baholamaydi. Natijada ular kutilmagan moliyaviy majburiyatlarga duç keladi.
Sönggi vaqtlarda tölovlar keçiktirilgani sababli qarzning qolgan qismini muddatidan oldin töliq qaytariş talablari bilan boğliq murojaatlar soni ortib bormoqda.
Fuqarolik kodeksining 736-moddasiga muvofiq, agar qarz qismlarga bölib qaytarilişi belgilangan bölsa va qarz oluvçi navbatdagi tölov muddatini buzsa, kreditor qarzning qolgan summasini muddatidan oldin qaytarişni talab qiliş huquqiga ega. Demak, hatto bitta tölovning keçiktirilişi ham butun qarzni töliq söndiriş talabiga olib kelişi mumkin.
Qömita mikrozaym rasmiylaştirişdan oldin qarz oluvçi amalda qança mablağ olişini va jami qança pul qaytarişi kerakligini aniqlab olişni tavsiya qilmoqda.
Şuningdek, oylik tölovlar miqdori va muddatlarini, tölov keçiktirilgan taqdirda yuzaga keladigan oqibatlarni, jumladan, qarzning qolgan qismini muddatidan oldin qaytariş talabi qöyilişi mumkinligini aniqlaş muhim.
Qömita qarz olişdan oldin uni öz vaqtida qaytariş imkoniyatini ham xolisona baholaşni tavsiya etadi.
Iste’molçilar huquqlari buzilgan taqdirda, 1159 işonç telefoni orqali qömitaga murojaat qiliş mumkin.