Moliya

Özbekistonda 7,7 trln sömlik ta’lim kreditlari ajratildi

Özbekistonda 7,7 trln sömlik ta’lim kreditlari ajratildi
Özbekistonda 7,7 trln sömlik ta’lim kreditlari ajratildi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2021 yildan 2026 yilning uçinçi çoragi yakuniga qadar Özbekistonda qariyb 7,7 trln sömlik ta’lim kreditlari ajratildi.

Ajratilgan kreditlar soni 663 mingtadan oşdi. Uşbu mablağning 5,8 trln sömdan ortiği xotin-qizlarning ta’lim olişini qöllab-quvvatlaşga yönaltirildi. Ularga 515 mingtadan ziyod kredit berildi.

Bu ma’lumotlar 23 oktyabr kuni EduImkon dasturi doirasida ta’lim kreditlari tizimini takomillaştiriş va islohotlarga bağişlangan maslahatlaşuv uçraşuvida ma’lum qilindi.

Uçraşuv Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jahon banki tomonidan taşkil etildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Unda vazirlik, Jahon banki, tegişli idoralar, tijorat banklari, oliy ta’lim muassasalari va jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etdi.

Tadbirda ta’lim kreditlari tizimining joriy holati, erişilgan natijalar, moliyalaştiriş mexanizmlarini takomillaştiriş va byudjet mablağlaridan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilindi.

Asosiy mavzulardan biri Jahon banki tomonidan 250 mln dollar miqdorida moliyalaştirilayotgan EduImkon dasturi böldi.

Dastur oliy ta’lim olişda teng imkoniyatlarni kengaytiriş va ta’limni moliyalaştirişni mehnat bozori ehtiyojlari bilan muvofiqlaştirişga qaratilgan. Yana bir maqsad — ta’lim kreditlari tizimining uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini ta’minlaş.

Dastur doirasida xotin-qizlar, kam ta’minlangan oilalar farzandlari va ustuvor yönalişlarda tahsil olayotgan talabalarni manzilli qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, kreditlarni rasmiylaştiriş, monitoring qiliş va qaytariş jarayonlarini raqamlaştiriş masalalari körib çiqildi. Iştirokçilar xorijiy tajribani, jumladan, bitiruvçilarning daromadiga qarab kreditlarni qaytariş mexanizmlarini ham örgandilar.

Uçraşuv iştirokçilariga xalqaro ekspertlar iştirokida ta’lim kreditlari tizimining moliyaviy-iqtisodiy modelini işlab çiqiş, amaldagi raqamli platformani baholaş va kreditlar bilan mehnat bozori örtasidagi boğliqlikni tahlil qiliş rejalari haqida ma’lumot berildi.

Şuningdek, dunyoning eng yaxşi 300 ta universiteti röyxatiga kiruvçi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida öqiş, qisqa muddatli kasbiy tayyorgarlikdan ötiş va çet elda til kurslarida qatnaşiş uçun kreditlar ajratiş böyiça işlab çiqilayotgan takliflar muhokama qilindi.

Moliyalaştiriş şartlari va limitlari, ta’lim muassasalarining sifati, kreditlarni qaytariş tartibi hamda bitiruvçilarning kelgusida iş bilan ta’minlanişiga alohida e’tibor qaratildi. Hozirça uşbu mexanizmlar takliflar bosqiçida turibdi.

Iştirokçilar ijtimoiy va ekologik omillarni hisobga oliş, inklyuzivlikni ta’minlaş hamda murojaatlarni körib çiqiş tartibini takomillaştiriş yuzasidan ham fikr almaşdilar.

Uçraşuvda bildirilgan takliflar keyingi islohotlarni işlab çiqişda inobatga olinadi. Vazirlik Jahon banki va boşqa hamkorlar bilan birgalikda ta’limni moliyalaştiriş tizimini takomillaştiriş böyiça işlarni davom ettiradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.