Iqtisod

Özbekiston Oziq-ovqat xavfsizligi qömitasi Amway tajribasini örganadi

Özbekiston Oziq-ovqat xavfsizligi qömitasi Amway tajribasini örganadi
Özbekiston Oziq-ovqat xavfsizligi qömitasi Amway tajribasini örganadi / Foto: Oziq-ovqat xavfsizligi qömitasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi raisi Azizbek Urunov 22 oktyabr kuni Amway kompaniyasi delegatsiyasi bilan uçraşdi. Delegatsiyaga kompaniyaning ğarbiy bozorlar böyiça mintaqaviy prezidenti Endryu Şmidt boşçilik qildi.

Tomonlar oziq-ovqat mahsulotlari va biologik faol qöşimçalar xavfsizligini ta’minlaş, şuningdek, ularni tartibga soliş tizimini takomillaştiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi xabar berdi.

Uçraşuvda xavf-xatarlarni baholaş asosida davlat nazoratini joriy etiş hamda oziq-ovqat biznesi operatorlariga qöyiladigan talablar ham körib çiqildi.

Mahsulotlarni röyxatdan ötkaziş, markirovkalaş, laboratoriya sinovlaridan ötkaziş va sifatini nazorat qilişda xalqaro tajribadan foydalanişga alohida e’tibor qaratildi.

Amway vakillari mahsulotlar xavfsizligi, ilmiy tadqiqotlar, xomaşyo va tayyor mahsulotning kuzatuvçanligini ta’minlaş, laboratoriya sinovlari hamda sifat nazorati sohalarida öz tajribalari bilan örtoqlaşişga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Tomonlar, şuningdek, iste’molçilar salomatligini himoya qiliş, oziq-ovqat mahsulotlari va biologik faol qöşimçalar muomalasini tartibga soliş hamda uşbu yönalişlarda ekspertlar muloqotini davom ettiriş masalalarini muhokama qildi.

Amway kompaniyasi 1959 yilda taşkil etilgan bölib, 100 dan ortiq mamlakat va hududda faoliyat yuritadi. Kompaniya salomatlik va farovonlik uçun möljallangan mahsulotlar, oziq-ovqat qöşimçalari, kosmetika hamda maişiy tovarlarni işlab çiqaradi va tarqatadi.

Kompaniyaning oziq-ovqat qöşimçalari segmentidagi asosiy brendlaridan biri vitaminlar, minerallar va boşqa biologik faol qöşimçalarga ixtisoslaşgan.

Kompaniya mahsulotlar tarkibiga kiruvçi ösimlik xomaşyosining kelib çiqişi, yetiştirilişi va qayta işlanişini kuzatib boradi.

Işlab çiqariş va sifat nazorati amaldagi cGMP talablariga muvofiq amalga oşiriladi. Ayrim mahsulotlar mustaqil taşkilotlarda sinovdan ötkaziladi va sertifikatlanadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.