Shoshilinch
Moliya

APEX BANK kapital bozoridagi «Tartibga solish qumdoni»da ro‘yxatdan o‘tkazildi

APEX BANK kapital bozoridagi «Tartibga solish qumdoni»da ro‘yxatdan o‘tkazildi
APEX BANK kapital bozoridagi «Tartibga solish qumdoni»da ro‘yxatdan o‘tkazildi / Foto: ILMA.

 Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi «APEX BANK» aksiyadorlik jamiyatini kapital bozori sohasidagi maxsus huquqiy rejim — «Tartibga solish qumdoni» ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Ushbu rejim doirasida bank xorijiy valyutada nominallangan obligatsiyalar emitenti sifatida faoliyat yuritishni rejalashtirmoqda.

Mazkur obligatsiyalarni chiqarish, joylashtirish, muomalaga kiritish va so‘ndirish kapital bozori sohasidagi maxsus huquqiy rejim — «Tartibga solish qumdoni» doirasida ushbu operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur nizom 2026 yil 29 aprelda 3826-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi maʼlumot 2026 yil 13 oktyabrda eʼlon qilindi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.