Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 9 oktyabr kuni Cobalt rusumli avtomobil va elektroskuter ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, avariya soat taxminan 13:00 da “Mirkan” mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Cobalt haydovchisi yo‘lning o‘ng tomonidan to‘satdan qatnov qismiga chiqib qolgan velosipedchi bilan to‘qnashuvning oldini olishga uringan.
Velosipedchini aylanib o‘tishga harakat qilgan haydovchi rulni chap tomonga burgan, boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqib ketgan. Shundan so‘ng u o‘z yo‘nalishida qatnov qismining chap chetidan harakatlanayotgan elektroskuterni urib yuborgan.
Elektroskuterdagi yo‘lovchilardan biri hodisa joyida vafot etgan.
Elektroskuter haydovchisi va ikkinchi yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, ikkinchi yo‘lovchi ham keyinchalik vafot etgan.
Yo‘l-transport hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.