Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 sentyabr holatiga O‘zbekiston iqtisodiyotiga kredit qo‘yilmalari qoldig‘i 713,3 trln so‘mni tashkil etdi. Markaziy bank maʼlum qilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 85,4 trln so‘mga yoki 13,6 foizga oshgan.
Kredit qo‘yilmalarining asosiy qismini milliy valyutadagi kreditlar tashkil etadi. So‘nggi 12 oy davomida ularning qoldig‘i 67,4 trln so‘mga oshib, 452,9 trln so‘mga yetdi. Milliy valyutadagi kreditlarning yillik o‘sish surʼati 17,5 foizni tashkil etdi.
Xorijiy valyutadagi kredit qo‘yilmalari bir yilda 18,0 trln so‘mga yoki 7,4 foizga oshib, 260,3 trln so‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank maʼlumotlariga ko‘ra, bir yil avval, 2025 yil 1 sentyabr holatiga iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari qoldig‘i 627,9 trln so‘mni tashkil etgan. O‘shanda yillik o‘sish 85,0 trln so‘m yoki 15,7 foizga teng bo‘lgan.
O‘sha sanada milliy valyutadagi kreditlar 385,6 trln so‘mni tashkil etgan. Ularning yillik o‘sishi 71,8 trln so‘m yoki 22,9 foiz bo‘lgan. Xorijiy valyutadagi kreditlar qoldig‘i esa 242,3 trln so‘mni tashkil etib, yillik o‘sish 13,2 trln so‘m yoki 5,8 foizga teng bo‘lgan.
Shu tariqa, milliy valyutadagi kreditlarning yillik o‘sish surʼati 22,9 foizdan 17,5 foizga sekinlashgan. Xorijiy valyutadagi kreditlarning o‘sishi esa 5,8 foizdan 7,4 foizga tezlashgan. Kredit qo‘yilmalarining umumiy yillik o‘sishi bir yil avvalgi 85,0 trln so‘mga nisbatan 85,4 trln so‘mni tashkil etgan.