Iqtisod

O‘zbekiston agrosektoriga 26 trln so‘m yo‘naltirildi

O‘zbekiston agrosektoriga 26 trln so‘m yo‘naltirildi
O‘zbekiston agrosektoriga 26 trln so‘m yo‘naltirildi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 26 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Yilning dastlabki olti oyida mamlakatda o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiyalar va kreditlarning 10 foizi mazkur soha hisobiga to‘g‘ri keldi.

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligiga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi avvalgi yillarga nisbatan sezilarli darajada oshdi. 2022 yil yanvar–iyun oylarida ushbu ko‘rsatkich 3 trln so‘mni, 2023 yilda 2,4 trln so‘mni, 2024 yilda esa 6,1 trln so‘mni tashkil etgan.

2025 yilda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 16,9 trln so‘mga yetdi. 2026 yil yanvar–iyun oylarida esa ko‘rsatkich 26 trln so‘mni tashkil qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.