Shoshilinch
Iqtisod

Andijonda AGTKSda gaz balloni portladi

Andijonda AGTKSda gaz balloni portladi
Andijonda AGTKSda gaz balloni portladi / Foto: FVV.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Andijonda avtomobilga metan yoqilg‘isi quyish jarayonida avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stansiyasida (AGTKS) gaz balloni portladi. Hodisa 5 sentyabr kuni soat taxminan 11:15 da “Andijon” mahallasida sodir bo‘lgan.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, “Spark” avtomobiliga o‘rnatilgan ballon portlagan. Avtomobilning asosiy shikastlangan qismi gaz jihozlari joylashgan orqa qismi bo‘lgan.

Hodisadan so‘ng voqea joyiga tezkor xizmatlar yetib kelgan. Ular hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur choralarni ko‘rgan.

Portlashdan so‘ng gaz to‘ldirish stansiyasi hududida yong‘in sodir bo‘lmagan. Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida fuqarolardan hech kim jabrlanmagan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.