7
Iqtisod

Yana 130 nafar O‘zbekiston fuqarosi Janubiy Koreyaga ishlash uchun jo‘nab ketdi

Yana 130 nafar O‘zbekiston fuqarosi Janubiy Koreyaga ishlash uchun jo‘nab ketdi
Yana 130 nafar O‘zbekiston fuqarosi Janubiy Koreyaga ishlash uchun jo‘nab ketdi / Foto: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 19 oktyabr kuni yana 130 nafar O‘zbekiston fuqarosi Employment Permit System (EPS) dasturi doirasida ishlab chiqarish sohasida vaqtincha ishlash uchun Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Migratsiya agentligi xabar berdi.

Agentlik Janubiy Koreya tomoni bilan birgalikda O‘zbekiston fuqarolarining xorijda qonuniy va xavfsiz ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish ustida ish olib bormoqda.

Ustuvor yo‘nalishlar qatorida ish beruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekiston fuqarolari uchun ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish belgilangan.

Agentlik taʼkidlashicha, rasmiy shartnomalar asosida ishga joylashish fuqarolarga barqaror daromad olish va xalqaro kasbiy tajriba orttirish imkonini beradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.