Iqtisod

Farg‘ona va Prosica GmbH yangi loyihalarni muhokama qildi

Farg‘ona va Prosica GmbH yangi loyihalarni muhokama qildi
Farg‘ona va Prosica GmbH yangi loyihalarni muhokama qildi / Foto: Farg'ona viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev Germaniyaning Prosica GmbH kompaniyasi katta maslahatchisi Trang Do boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Tomonlar Farg‘ona viloyati va Germaniya kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, shuningdek, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri viloyat yoshlariga nemis tilini o‘rgatish hamda ularni Germaniyada xavfsiz va kafolatlangan tarzda ishga joylashtirish tizimini yaratish bo‘ldi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy avtoshkola tashkil etish, sportni, xususan, futbolni rivojlantirish va tajriba almashish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Alohida eʼtibor yuqoridagi yo‘nalishlarda Germaniya tajribasini Farg‘ona viloyatida qo‘llash, malakali mutaxassislar tayyorlash va yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.