Farg‘ona viloyati va Mitsui yangi loyihalarni muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatida Yaponiyaning Mitsui & Co., Ltd. kompaniyasi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 4 sentyabr kuni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh vakili Tomo Shingo boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yaponiya texnologiyalari asosida yangi investitsiya loyihalari
Muzokaralar davomida tomonlar Yaponiya texnologiyalaridan foydalangan holda yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari, shuningdek, Farg‘ona viloyatida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotgani va ikki tomonlama hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotganini taʼkidladi.
Alohida eʼtibor hududlararo aloqalarni kengaytirish, yapon investorlari ishtirokidagi loyihalar sonini ko‘paytirish va yangi investitsiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Tomonlar bu yo‘nalishda delegatsiyalarning o‘zaro tashriflariga muhim ahamiyat bermoqda.
Taʼlim sohasida Yaponiya tajribasi
Uchrashuvda Farg‘ona viloyati Yaponiyaning ilg‘or tajribasini joriy etishga alohida eʼtibor qaratayotgani qayd etildi.
Jumladan, taʼlim sohasida tajriba-sinov tariqasida yapon taʼlim metodikasi joriy etildi. Viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarida ham mutaxassislar tayyorlash zamonaviy yondashuvlar asosida amalga oshirilmoqda.
Mitsui & Co. O‘zbekistonda 1993 yildan beri ishlaydi
Mitsui & Co., Ltd. shtab-kvartirasi Tokio shahrida joylashgan xalqaro savdo-investitsiya kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya dunyoning 62 mamlakatida faoliyat yuritadi, uning O‘zbekistondagi vakolatxonasi esa 1993 yildan beri ishlab kelmoqda.
Kompaniya energetika, infratuzilma, transport, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, kimyo sanoati, raqamli texnologiyalar, logistika va boshqa sohalarda investitsiya loyihalarini amalga oshiradi.
Qanday loyihalar taklif etildi?
Muzokaralar davomida neft sanoati, suv taʼminoti, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, infratuzilma, turizm va taʼlim sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Mitsui & Co. kompaniyasining faoliyat yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, tomonlar hamkorlikni yana-da faol rivojlantirish va istiqbolli loyihalarni ilgari surish bo‘yicha choralar ko‘rishga kelishib oldi.
Muzokaralarda, shuningdek, Mitsui & Co., Ltd. kompaniyasining Qozog‘istondagi vakolxonasi bosh vakili To‘lqinjon Rahimov hamda Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ub