Shoshilinch
O‘zbekiston

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi O'zbekistonga keldi

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi O'zbekistonga keldi
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi O'zbekistonga keldi / Foto: O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

"Toshkent-Humo" xalqaro aeroportida Hindiston Bosh vazirini davlatimiz rahbari kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 30-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.