Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy taşrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti Parlament assambleyasi raisi Pere Joan Pons Sampyetroni qabul qildi.
Uçraşuvda YXHT va uning Parlament assambleyasi bilan hamkorlikni, jumladan, parlamentlararo muloqotni yanada rivojlantiriş istiqbollari körib çiqildi.
Uşbu nufuzli tuzilma bilan aloqalarning ijobiy sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi. YXHT Parlament assambleyasida Özbekistonning doimiy delegatsiyasi faoliyat yuritmoqda, assambleya vakillari mamlakatimizdagi saylovlarni kuzatiş jarayonlarida muntazam iştirok etib kelmoqda.
Ekologiya, migratsiya va transport sohalarida konstruktiv muloqot yölga qöyilgan. Özbekiston vakili assambleyaning Migratsiya böyiça maxsus qömitasi tarkibiga kiritilgan.
Xalqaro masalalar, jumladan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy şeriklikni rivojlantiriş yuzasidan ham fikr almaşildi.
Amaliy hamkorlikni kengaytiriş maqsadida yangi ustuvor yönalişlarni belgilab beradigan qöşma “yöl xaritasi”ni qabul qilişga kelişib olindi.