Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 22-oktabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Baqitjan Sağintayevni qabul qildi.
Muloqot çoğida Özbekistonning kuzatuvçi davlat sifatida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan özaro manfaatli hamkorligi izçil kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
YOII mamlakatlari bilan özaro savdo va investitsiyalar hajmi barqaror ösib bormoqda, logistika aloqalari mustahkamlanmoqda.
Mamlakatimiz ittifoqning savdo va yuk taşiş sohalarini raqamlaştiriş, elektron tijoratni rivojlantiriş, iqlim masalalari kabi asosiy sohaviy dasturlarida faol iştirok etmoqda.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan qöşma işçi guruhning törtta yiğilişi ötkazildi. Texnik tartibga soliş tizimlarini özaro yaqinlaştiriş böyiça “yöl xaritasi” tasdiqlandi.
Özbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankining tölaqonli a’zosiga aylanib, kooperatsiya loyihalari portfeli şakllantirildi.
Joriy yil yakuniga qadar işçi guruhning navbatdagi uçraşuvini ötkaziş yuzasidan kelişuvga erişildi. Savdo tösiqlarini qisqartiriş, kooperatsiyani çuqurlaştiriş, bojxona va transport tartib-taomillarini raqamlaştirişga qaratilgan yangi Hamkorlik rejasini qabul qiliş muhimligi ta’kidlandi.