O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Alisher Samadov Hisob palatasi raisi etib tayinlandi

Dilafro'z Niyazova · 05.09.2026 · 17:10 · 36 views
Alisher Samadov Hisob palatasi raisi etib tayinlandi
Alisher Samadov Hisob palatasi raisi etib tayinlandi / Foto: O'zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Alisher Samadovni Hisob palatasi raisi etib tayinladi. Davlat rahbari tegishli farmonni imzolagan. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

Yangi tayinlov munosabati bilan Samadov 2025 yil 14 iyuldan buyon egallab kelgan Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Bunga qadar u Prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shu bilan birga, Timur Butunbayev Prezident Administratsiyasi rahbarining suv islohotlari bo‘yicha o‘rinbosari — Huquqiy ekspertiza departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan u Prezident Administratsiyasi rahbarining suv taʼminoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Hisob palatasi raisi lavozimi 2025 yil yanvar oyidan buyon bo‘sh edi. Unga qadar idoraga Adiz Boboyev rahbarlik qilgan. U keyinchalik Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangan.

O‘tgan yil iyun oyida Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi tugatilib, uning vakolatlari Hisob palatasiga o‘tkazilgan edi.