O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Samarqandda oʻzbekistonlik senatorlar delegatsiyalar bilan uchrashuvlar oʻtkazdilar

Dilafro'z Niyazova · 05.09.2026 · 18:30 · 25 views
Samarqandda oʻzbekistonlik senatorlar delegatsiyalar bilan uchrashuvlar oʻtkazdilar
Samarqandda oʻzbekistonlik senatorlar delegatsiyalar bilan uchrashuvlar oʻtkazdilar / Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Parlamentlararo Ittifoqning Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi doirasida Senat aʼzolari Buyuk Britaniya parlamenti Jamoatchilik palatasi Xalqaro taraqqiyot qo‘mitasi aʼzosi A.Kyorns, Tashqi ishlar qo‘mitasi aʼzosi D.Karden, Irlandiya parlamentining Tadbirkorlik, turizm va bandlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Jeyms O‘Konnor, Rossiya Federal Majlisi Federal Kengashi Iqtisodiy siyosat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Trembiskiy boshchiligidagi parlament delegatsiyalari bilan uchrashuvlari o‘tkazildi.

Xususan, Buyuk Britaniya parlament aʼzolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ko‘p qirrali munosabatlarni yana-da rivojlantirish hamda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari  ko‘rib chiqildi.

Irlandiya parlament aʼzolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish, IT, qishloq xo‘jaligi, taʼlim, yangi texnologiyalarni jalb qilish va Yevropa ittifoqi bilan sheriklik doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Rossiya Federal Majlisi Federal Kengashi aʼzolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda parlamentlararo munosabatlarni yanada faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muloqot davomida ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va ishonchga asoslangan o‘zaro munosabatlari natijasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik keng qamrovli strategik sheriklik darajasida rivojlanib borayotganligi alohida taʼkidlandi.