O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Burxanov va Monfarid parlamentlararo hamkorlikni muhokama qildi

Dilafro'z Niyazova · 05.09.2026 · 18:15 · 32 views
Burxanov va Monfarid parlamentlararo hamkorlikni muhokama qildi
Burxanov va Monfarid parlamentlararo hamkorlikni muhokama qildi / Foto: Oliy Majlis Senati Matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqandda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, “O‘zbekiston–Eron” parlamentlararo hamkorlik guruhi hamraisi Qutbiddin Burxanov Eron Islomiy kengash Majlisi deputati, “Eron–O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhi aʼzosi Amir Monfarid boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot davomida tomonlar ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash, parlamentlararo hamkorlik guruhlari faoliyatini rivojlantirish, parlament darajasida tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.

So‘nggi yillarda davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va saʼy-harakatlari tufayli O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha parlamentlararo muntazam muloqotni davom ettirish hamda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishildi.