Xorazmda 10 ta mehmonxonaga 7,24 mlrd so‘m subsidiya berildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Xorazm viloyatida 2026 yilda hududning turistik salohiyatini rivojlantirish chora-tadbirlari doirasida 10 ta mehmonxonaga jami 7 mlrd 244 mln so‘m miqdorida subsidiya ajratildi. Bu haqda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi xabar berdi.
Eng katta miqdordagi mablag‘ «Khiva Residence Hotel» mehmonxonasiga 2 mlrd 640 mln so‘m va “Parvoz” mehmonxonasiga 2 mlrd 360 mln so‘m miqdorida ajratildi. Shuningdek, “Turkezm” mehmonxonasiga 580 mln so‘m, «Kamil Palace»ga 500 mln so‘m, «Ibrohim Xo‘ja»ga 400 mln so‘m yo‘naltirildi.
“Sahro” mehmonxonasi 300 mln so‘m, «Farohat ona» 200 mln so‘m, «Saroy Khiva» 150 mln so‘m, “Nova” 60 mln so‘m va “Sherline” 54 mln so‘m miqdorida subsidiya oldi.
Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash natijalaridan biri «Ibrohim Xo‘ja» mehmonxonasining ochilishi bo‘ldi. U O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida faoliyatini boshladi.
Subsidiyalar ajratilishi Xorazm viloyatida mehmonxona infratuzilmasini yana-da rivojlantirish va hududning turistik salohiyatini kengaytirish uchun sharoit yaratishga qaratilgan.
Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari sayyohlar uchun yana-da qulay sharoitlar yaratishga ko‘maklashish, shuningdek, turizm sohasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga ham xizmat qiladi.