7
Turizm

Toşkent viloyati Ohangaron tumanida $150 mlnlik beşta investitsiya kelişuvi imzolandi

Toşkent viloyati Ohangaron tumanida $150 mlnlik beşta investitsiya kelişuvi imzolandi
Toşkent viloyati Ohangaron tumanida $150 mlnlik beşta investitsiya kelişuvi imzolandi / Foto: Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent viloyati Ohangaron tumanida amalga oşiriladigan investitsiya loyihalari böyiça xorijiy hamkorlar bilan umumiy qiymati 150 mln dollarlik beşta özaro anglaşuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Toşkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Hujjatlar viloyat delegatsiyasi iştirok etayotgan 31-Toşkent xalqaro turistik yarmarkasi doirasida imzolandi.

Körgazma davomida Toşkent viloyati şahar va tumanlari hokimlari xorijiy sayyohlar hamda xalqaro hamkorlar bilan muzokaralar ötkazdi. Tomonlar turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan memorandumlarni ham imzoladi.

Hokimlik ma’lumotiga köra, erişilgan kelişuvlar hududlarning turistik salohiyatini xalqaro miqyosda tarğib qiliş, xorijiy sayyohlar oqimini köpaytiriş, yangi turistik yönalişlar va qöşma loyihalarni yaratiş, şuningdek, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan.

Xususan, muzokaralar yakunida Ohangaron tumanida amalga oşiriladigan investitsiya loyihalari böyiça beşta memorandum imzolandi. Ularning umumiy qiymati 150 mln dollarni taşkil etadi.

Hokimlikda ta’kidlanişiça, Toşkent viloyati özining tabiiy va tarixiy-madaniy diqqatga sazovor joylarini tarğib qiliş, turistik infratuzilmani rivojlantiriş, xalqaro aloqalarni kengaytiriş hamda investitsiyalarni jalb etiş böyiça işlarni davom ettiriş niyatida.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.