7
Turizm

Özbekistonliklar eng köp borgan 10 ta xorijiy davlat

Özbekistonliklar eng köp borgan 10 ta xorijiy davlat
Özbekistonliklar eng köp borgan 10 ta xorijiy davlat / Foto: Uzbekistan Airports.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–oktyabr oylarida 6,5 million nafar Özbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijiy mamlakatlarga safar qildi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.

Ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, xorijga çiqqan fuqarolar soni 154,2 ming nafarga oşgan.

Eng ommabop yönaliş Qirğiz Respublikasi böldi. Ön oy davomida uşbu mamlakatga 2 983 680 nafar Özbekiston fuqarosi safar qilgan.

Ikkinçi örinni 1 183 775 ta safar körsatkiçi bilan Qozoğiston egalladi. Tojikistonga esa 1 092 184 nafar fuqaro borgan.

Rossiyaga 301 420 nafar, Turkiyaga 257 904 nafar, Saudiya Arabistoniga esa 253 789 nafar Özbekiston fuqarosi safar qilgan.

Birlaşgan Arab Amirliklariga 73 289 nafar kişi borgan. Xitoyga safar qilgan Özbekiston fuqarolari soni 64 809 nafarni taşkil etgan.

Misrga 50 463 nafar, Vyetnamga esa 38 276 nafar fuqaro yöl olgan.

Şunday qilib, Özbekiston fuqarolari eng köp taşrif buyurgan dastlabki öntalikdan asosan Markaziy Osiyo davlatlari, şuningdek, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, BAA, Xitoy, Misr va Vyetnam örin oldi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.