Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston korxonalari öz mahsulotlarini Ömondagi Silal ulgurji bozorida maxsus pavilyonda taqdim etişga kelişib oldi. Bu haqda Özbekiston Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi xabar berdi.
Muzokaralar özbek eksport kompaniyalari vakillarining 2026 yil 15–17 noyabr kunlari Masqat şahriga amalga oşirayotgan taşrifi doirasida bölib ötdi. Safar meva-sabzavotlar va boşqa oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriş geografiyasini kengaytiriş, şuningdek, yangi savdo hamkorlarini topişga qaratilgan.
Özbekiston delegatsiyasi Khazaen iqtisodiy zonasida joylaşgan Silal bozoriga taşrif buyurdi. U yerda bozor rahbariyati hamda ErmakPlus, Angelsey Food va Uniagri Group kompaniyalari vakillari bilan uçraşuvlar ötkazildi.
Ömon orqali Fors körfazi mamlakatlari bozorlariga eksport
Muzokaralar iştirokçilari Özbekiston qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini Ömonga, şuningdek, uşbu mamlakat orqali Fors körfazi davlatlari bozorlariga yetkazib berişni taşkil etiş masalalarini muhokama qildi.
Silal bozari rahbariyati özbek mahsulotlari uçun maxsus savdo maydoni ajratişni taklif qildi. Tomonlar eksport şartnomalarini tuziş böyiça ham muzokaralar olib bordi.
Bozor hududida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qilişga ixtisoslaşgan laboratoriyalar faoliyat yuritadi. Qömita ma’lumotiga köra, mahsulot namunalari kelib tuşgaç, laboratoriya tekşiruvlari ötkaziladi va Ummon Qişloq xöjaligi vazirligining tegişli xulosasi olinadi.
Xabarda ta’kidlanişiça, butun jarayon taxminan bir soat vaqt oladi.
Delegatsiya, şuningdek, bozor faoliyati va Suhol al Fayha kompaniyasining iş jarayoni bilan tanişdi. Kompaniya meva-sabzavotlarni qabul qiliş, saralaş, qadoqlaş va saqlaş, şuningdek, ularni ulgurji sotiş bilan şuğullanadi.