Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Global ekologik jamğarma (GEF) hamkorlikda amalga oşirilgan ekologik loyihalar natijalarini muhokama qildi hamda qişloq xöjaligini barqaror rivojlantiriş sohasidagi kelgusi hamkorlikning ehtimoliy yönalişlarini belgilab oldi.
Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri maslahatçisi Nuriddin Qöşnazarovning GEF Mustaqil baholaş departamenti vakillari Kseniya Temnenko va Martin Prouz bilan uçraşuvi jamğarma kömagida amalga oşirilgan taşabbuslar samaradorligini baholaşga bağişlandi.
Iştirokçilar CACILM-2, FOLUR, LDN va CAWLN loyihalari böyiça olib borilayotgan işlar jarayonini körib çiqdi. Uşbu dasturlar yer resurslaridan oqilona foydalaniş, tuproq degradatsiyasining oldini oliş, landşaftlarni tiklaş va qişloq xöjaligini iqlim özgarişiga moslaştiriş masalalarini qamrab oladi.
Şuningdek, yer va suv resurslarini yana-da samarali boşqariş, ilğor amaliyotlarni joriy etiş hamda innovatsion yeçimlardan foydalaniş yondaşuvlari muhokama qilindi.
Tomonlar yangi qöşma loyihalarni işlab çiqiş va hamkorlik kölamini kengaytiriş istiqbollariga ham alohida e’tibor qaratdi.
Muhokamaning muhim qismini jamğarmaning Özbekistondagi faoliyati mustaqil baholanişi yakunlari böyiça tayyorlanadigan xulosalar va tavsiyalar taşkil etdi.
Baholaş natijalari aniqlangan xulosalarni kelgusi taşabbuslarni işlab çiqişda hisobga oliş, loyihalar faoliyatini takomillaştiriş va mamlakat agrar sektorini barqaror rivojlantirişga qaratilgan dasturlar samaradorligini oşirişga yordam berişi kutilmoqda.