Iqtisod

Özbekistonda içki aviaqatnovlar 2,5 mln yölovçiga yetkaziladi

Özbekistonda içki aviaqatnovlar 2,5 mln yölovçiga yetkaziladi
Özbekistonda içki aviaqatnovlar 2,5 mln yölovçiga yetkaziladi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda içki aviaqatnovlar orqali taşiladigan yölovçilar sonini 1,4 million kişidan 2030 yilga qadar 2,5 million kişiga yetkaziş rejalaştirilmoqda. Uşbu maqsadli körsatkiç 2030 yilgaça mahalliy yölovçi taşişni rivojlantiriş strategiyasi töğrisidagi Prezident qarori loyihasida belgilangan.

Loyihaga köra, içki aviaqatnovlardagi yölovçilar oqimi 2026 yilda 1,5 million kişini, 2027 yilda 1,7 million kişini, 2028 yilda 1,9 million kişini va 2029 yilda 2,2 million kişini taşkil etişi kerak. 2030 yilga kelib esa bu körsatkiçni 2,5 million yölovçiga yetkaziş rejalaştirilgan.

Aviatsiya sohasi qanday rivojlanmoqda?

Hujjatda ötgan yillarda aviatsiya taşuvlari ösişiga oid ma’lumotlar keltirilgan. 2023–2025 yillarda aviaqatnov yönalişlari soni 167 tadan 206 taga, reyslar soni 85 mingtadan 130 mingtaga, mamlakat aeroportlarida xizmat körsatilgan yölovçilar soni esa 10 million kişidan 15,5 million kişiga oşgan.

2026 yilning birinçi yarmida 220 ta yönaliş böyiça reyslar amalga oşirilgan. Ularning 19 tasi içki, 201 tasi xalqaro yönalişlarga töğri kelgan.

Sönggi yillarda milliy aviapark ham kengaydi. 2022 yilda u 54 ta havo kemasidan iborat edi. 2023 yilda park 24 ta samolyot, 2024 yilda 8 ta, 2025 yilda 21 ta va 2026 yilning birinçi yarmida yana 7 ta havo kemasi bilan töldirildi. Natijada havo kemalarining umumiy soni 114 taga yetdi.

Aeroportlarni rekonstruksiya qiliş va yangi loyihalar

Hujjatga köra, 11 ta xalqaro va mahalliy aeroport rekonstruksiya qilingan. Samarqand xalqaro aeroporti davlat-xususiy şeriklik asosida töliq yangilanib, turistik xabga aylantirilgan.

Termiz, Namangan va Andijonda yangi terminallar qurildi. Şuningdek, Möynoq va Zominda aeroportlar barpo etildi, Söx tumanida esa uçiş-qöniş maydoni jihozlandi. Qöqon, Şahrisabz va Sariosiyo aerodromlari rekonstruksiyadan ötkazildi.

2026 yilning birinçi yarmida Toşkentda yangi xalqaro aeroport va Buxoroda yangi aeroport qurilişi boşlandi.

Toşkent orqali qulay tranzit

Strategiya loyihasida Toşkent xalqaro aeroporti orqali tranzit bilan safar qiladigan yölovçilar uçun qulay ulanişlarni ta’minlaş maqsadida içki aviaqatnovlar jadvalini muvofiqlaştiriş nazarda tutilgan.

Transport vazirligi «Uzbekistan Airports» AJ va mahalliy aviakompaniyalar bilan birgalikda reyslar jadvalini muvofiqlaştirişi kerak. Toşkent orqali safarini davom ettiradigan yölovçilar uçun yagona elektron çipta joriy etiş, yakuniy manzilgaça röyxatdan ötiş va oraliq aeroportda bagajni qayta oliş zaruratisiz uni manzilga yetkaziş taklif qilinmoqda.

Aviataşuvlar uçun xatarlar

Hujjatda taşqi xatarlar qatorida havo transporti sohasidagi çeklovlar va geosiyosiy omillar qayd etilgan. Ularning ta’sirini kamaytiriş uçun içki aviaqatnovlar va temir yöl yönalişlari tarmoğini diversifikatsiya qiliş hamda kengaytiriş taklif etilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.