Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va AQŞning Mayo Clinic klinikasi soğliqni saqlaş sohasidagi hamkorlik istiqbollarini, jumladan, tibbiyot muassasalarini boşqariş, biotexnologiyalar, genomika va ilmiy tadqiqotlar yönalişlarini muhokama qildi.
Uçraşuv 5 noyabr kuni Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori Abdulla Azizov iştirokida bölib ötdi.
Tomonlar tibbiyot muassasalarini boşqariş, ilmiy tadqiqotlar va işlanmalar (R&D), şuningdek, genomika hamda zamonaviy biotexnologiyalar sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş va tajriba almaşiş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Muzokaralar yakunida tibbiyot muassasalariga tanişuv taşriflarini taşkil etiş, tomonlar vakillarining tajriba almaşiş maqsadida özaro safarlarini yölga qöyiş hamda qöşma amaliy seminarlar ötkaziş böyiça kelişuvga erişildi.
Kelgusida Mayo Clinic klinikasining tibbiyot muassasalarini boşqariş, ilmiy tadqiqotlar ötkaziş va zamonaviy biotexnologiyalarni qöllaş borasidagi tajribasini örganişga alohida e’tibor qaratiş rejalaştirilgan.