Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Ozarbayjon raqamli hukumat sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, sun’iy intellekt asosidagi xizmatlarni rivojlantiriş hamda IT-startaplarni qöllab-quvvatlaş masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralar Boku şahrida Özbekiston raqamli texnologiyalar vazirining birinçi örinbosari Ayubxon Sultonov va Ozarbayjon raqamli rivojlaniş va transport vaziri örinbosari Raşad Hasanov örtasida bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Uçraşuv Sultonov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi iştirok etgan BMTning davlat boşqaruvida innovatsiyalar böyiça UN Governance Innovation Summit: Advancing Future-Ready Institutions sammiti doirasida ötkazildi.
Tomonlar myGov platformasi asosida tajriba almaşiş va qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Sun’iy intellekt agentlari va nutqni matnga aylantiriş texnologiyalaridan foydalangan holda raqamli davlat xizmatlarini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, ikki mamlakat IT-parklari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, startaplar ekotizimini rivojlantiriş va kompaniyalarning Özbekiston hamda Ozarbayjon bozorlariga çiqişiga kömaklaşiş masalalari muhokama qilindi.
Sammit doirasida Ayubxon Sultonov «Mamlakatlar innovatsiyalari amalda: nima iş beradi, nima uçun va qaysi kölamda?» mavzusidagi panel sessiyasida ham nutq sözladi. U Gretsiya, Dominikan Respublikasi va Seyşel orollari hukumatlari vakillari, şuningdek, Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik taşkiloti vakillari bilan birgalikda davlat boşqaruvida innovatsiyalarni joriy etişning samarali amaliyotlarini muhokama qildi.
Sessiya iştirokçilari bunday yeçimlarni amalga oşirişda yetakçilik, institutsional mexanizmlar va hamkorlikning örnini, şuningdek, ularni turli mamlakatlar şaroitiga moslaştiriş va keng kölamda joriy etiş imkoniyatlarini körib çiqdi.