Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Pokistonning Mateen Group of Companies (MGC) kompaniyasi Özbekistonda öz kompaniyasini taşkil etiş va IT-xizmatlarini xalqaro bozorlarga eksport qiliş imkoniyatini körib çiqmoqda.
Uşbu masala IT Park Uzbekistan vakillari tomonidan MGC asosçisi, direktorlar kengaşi raisi va boş ijroçi direktori doktor Muhammad Sohayb Matin bilan ötkazilgan uçraşuvda muhokama qilindi.
Uçraşuvda kompaniyaning biznes hamkorlik masalalari böyiça vakili Ali Anvar Ali ham iştirok etdi.
IT Park Uzbekistan vakillari delegatsiyaga rezident maqomini olişning afzalliklari, IT Visa, Business Card va Zero Risk dasturlari haqida ma’lumot berdilar. Şuningdek, mehmonlarga IT Park‘ning hududiy filiallari, mavjud ofis binolari va infratuzilma imkoniyatlari taqdim etildi.
Kompaniya faoliyatini Özbekistonda yölga qöyiş uçun mamlakatning turli hududlarida joylaşgan bir neçta istiqbolli maydonlar taklif etildi.
Muzokaralar yakunida Muhammad Sohayb Matin Özbekistonda kompaniya taşkil etiş va yaqin vaqt içida IT-xizmatlar eksportini yölga qöyişdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Xabarda kompaniyani oçişning aniq muddatlari, investitsiyalar hajmi va rejalaştirilayotgan IT-xizmatlar yönalişlari körsatilmagan.