Iqtisod

Özbekiston Savdo vazirligi binosi 287 mlrd sömga sotildi

Özbekiston Savdo vazirligi binosi 287 mlrd sömga sotildi
Özbekiston Savdo vazirligi binosi 287 mlrd sömga sotildi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahrining Mirobod tumanida joylaşgan Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining tört qavatli ma’muriy binosi elektron auksionda 287,14 mlrd sömga sotildi.

4 noyabr kuni E-auksion platformasida yakunlangan savdolar ğolibi Şakhrisabz Agroport kompaniyasi böldi.

1 soat 46 daqiqa davom etgan auksionda iştirokçilar jami 80 ta taklif kiritdi. Yakuniy sotuv narxi boşlanğiç qiymatdan 80 foizga yuqori böldi.

Hozirda oldi-sotdi şartnomasini tuziş kutilmoqda.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi uşbu obyektni oktyabr oyida auksionga çiqargan edi. Umumiy maydoni 6 502 kvadrat metr bölgan bino Taras Şevçenko va Fidokor köçalari kesişmasida joylaşgan. Hozirgi vaqtda undan vazirlikdan taşqari bir neçta xalqaro taşkilot ham foydalanmoqda. Obyekt suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz va elektr energiyasi tarmoqlari bilan ta’minlangan.

Sotuv şartlariga köra, yangi mulkdor şaharsozlik me’yorlariga rioya qilgan holda köçmas mulkdan savdo, köngiloçar, gastronomik yoki turistik maqsadlarda foydalanişi mumkin.

Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga köra, Şakhrisabz Agroport 2026 yil iyun oyida röyxatdan ötkazilgan. Kompaniya Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanida joylaşgan bölib, qişloq xöjaligi sohasida faoliyat yuritadi.

Korxonaning ustav fondi 550,5 mln sömni taşkil etadi. Jasur Dostonoviç Karimov uning yagona ta’sisçisi va rahbari sifatida körsatilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.