Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston 2027 yil aprel oyidan boşlab umumiy mukofot jamğarmasi 5 mln dollar bölgan Land of Startups xalqaro startaplar tanlovini ötkazişni boşlaydi. Tegişli 593-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori 2026 yil 28 oktyabrda qabul qilingan.
Tanlov har yili taşkil etiladi. U xorijiy startap loyihalari va ularning asosçilarini Özbekistonga jalb qiliş, texnologiyalar transferini jadallaştiriş hamda mamlakatni mintaqaviy startap markazi sifatida rivojlantirişga qaratilgan.
Hujjat Prezidentning 2026 yil 11 fevraldagi «Startaplarni qöllab-quvvatlaşning kompleks ekotizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-59-son qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida qabul qilingan.
Tanlov beşta yönalişni qamrab oladi: sun’iy intellekt texnologiyalari; ta’lim, soğliqni saqlaş va davlat xizmatlarini öz içiga olgan ijtimoiy sohadagi raqamli yeçimlar; moliyaviy texnologiyalar; kreativ industriyalar hamda kompyuter va mobil öyinlarni işlab çiqiş; biznes va sanoat uçun yeçimlar.
25 ta ğolib jamoaning har biri IT Park direksiyasi huzuridagi vençur fondidan 200 ming dollargaça investitsiya olişi mumkin. Mablağlar har tomonlama tekşiruv (due diligence) jarayonidan ötilganidan keyin ajratiladi.
Qarorda IT Park faoliyati qoidalariga özgartişlar kiritiş ham nazarda tutilgan.
Jumladan, IT Park rezidentlari tomonidan avtomatlaştiriş sohasida işlab çiqilgan hisobga oliş va ölçaş vositalarini soliq organlarining axborot tizimlariga majburiy integratsiya qiliş talabi bekor qilinadi.
Bundan taşqari, IT Park direksiyasi soliq va statistika hisobotlarini, şuningdek, axborot texnologiyalari sohasida ötkazilgan öquv kurslari töğrisidagi ma’lumotlarni taqdim etiş majburiyatidan ozod qilinadi.
IT Park rezidentlari uçun ruxsat etilgan faoliyat turlari röyxati ham kengaytiriladi. Unga buyumlar interneti (IoT) va sun’iy intellekt qurilmalarini, mikro va nanoelektronika mahsulotlarini, intellektual robotlarni işlab çiqariş va sotiş, şuningdek, biznes-fariştalar klublari faoliyati kiritiladi.