Özbekiston

Toşkentda Dostlik Cup 2026 musobaqasining 17 iştirokçisi şifoxonaga yotqizildi

Toşkentda Dostlik Cup 2026 musobaqasining 17 iştirokçisi şifoxonaga yotqizildi
Toşkentda Dostlik Cup 2026 musobaqasining 17 iştirokçisi şifoxonaga yotqizildi / Foto: Özbekistondagi Qozoğiston elçixonasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda Qozoğistonning Qarağandi şahridan kelgan Dostlik Cup 2026 xalqaro futbol festivalining 17 nafar iştirokçisi zaharlaniş holatidan söng şifoxonaga yotqizildi.

Özbekistondagi Qozoğiston elçixonasi ma’lum qilişiça, jami 19 kişi tibbiy yordam sörab murojaat qilgan.

Hodisa haqidagi ma’lumot diplomatik vakolatxonaga 1 noyabr kuni kelib tuşgan. Qozoğiston konsulxonasining işonç telefoniga murojaat qilingaç, konsul Saken Perdebekov zudlik bilan şifoxonaga yetib borgan va jabrlanganlarga konsullik yordamini körsatmoqda.

Toşkent şahridagi 5-son şahar klinik infeksiya kasalliklari şifoxonasida 17 kişi, jumladan, 11 nafar bola va 6 nafar katta yoşli bemor davolanmoqda. Elçixona ma’lumotiga köra, jabrlanganlarning barçasi ahvoli barqaror, ularga zarur tibbiy yordam körsatilmoqda.

Qozoğiston elçisi tibbiyot muassasasiga taşrif buyurib, bemorlarni davolaş jarayoni bilan tanişdi va jabrlanganlarning ota-onalari bilan uçraşdi.

Tibbiy yordam körsatiş jarayoni uning şaxsiy nazoratida.

Vaziyatga Özbekistonning tegişli mutaxassislari, jumladan, Toşkent tibbiyot universiteti professorlari va Sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari ham jalb etilgan.

Masala Qozoğiston soğliqni saqlaş vaziri Akmaral Alnazarova hamda Özbekiston soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari Otabek Imomovning şaxsiy nazoratida.

Dostlik Cup 2026 taşkilotçilari jabrlanganlarga zarur yordam körsatmoqda. Qozoğiston elçixonasi vaziyatni kuzatişda davom etmoqda.

Diplomatik vakolatxona xabarida zaharlaniş sabablari va holat tafsilotlari oçiqlanmagan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.