Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — BMB HOLDING 29–31 oktyabr kunlari Toşkentda bölib ötgan Özbekiston — Ispaniya biznes-forumi doirasida Ispaniya kompaniyalari bilan qişloq xöjaligi va agrosanoat işlab çiqarişi sohalarida hamkorlik qiliş imkoniyatlarini muhokama qildi. Tadbirda Ispaniyaning 20 ga yaqin kompaniyasi vakillari iştirok etdi.
Forum savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, agrar sohaga investitsiyalar jalb qiliş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va qöşma loyihalarni tayyorlaş masalalariga bağişlandi.
Işbilarmonlik dasturi doirasida Özbekiston qişloq xöjaligining holati va sohadagi dolzarb vazifalar körib çiqildi. Hamkorlikning istiqbolli yönalişlari sifatida mineral va organik öğitlar işlab çiqariş, tuproq unumdorligini oşiriş, uni zararsizlantiriş vositalarini işlab çiqiş hamda ilğor agrotexnologiyalarni joriy etiş qayd etildi.
Forumda BMB HOLDING nomidan departament direktori Bobir Yahyoyev iştirok etdi. U Agro-Industrial Group, Industrias David S.L.U., Pol. Ind. Los Palomares, Viveros Veron, PSB Produccion Vegetal, Agromillora Fidan Uretim ve Paz Ltd. va Armando Alvarez Group kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar ötkazdi.
Şuningdek, Moskva va Toşkentda faoliyat yurituvçi Ispaniya elçixonasining Iqtisodiy va savdo bölimi savdo-iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçisi Xesus Varela bilan uçraşuv bölib ötdi.
Tomonlar Ispaniya kompaniyalarining faoliyat yönalişlari, işlab çiqariş tajribasi va qöllanilayotgan texnologiyalarini, şuningdek, Özbekiston bozoriga kiriş va hamkorlikda işlaş imkoniyatlarini muhokama qildi. Ispaniyalik işbilarmonlarga BMB HOLDING faoliyati, xoldingning investitsiyaviy va işlab çiqariş salohiyati hamda istiqbolli loyihalari haqida ma’lumot berildi.
Muzokaralarning asosiy mavzulari qişloq xöjaligi texnikasi, zamonaviy agrotexnologiyalar, köçatçilik, ösimlikşunoslik va agrosanoat işlab çiqarişi böldi. Iştirokçilar xorijiy texnologiyalarni Özbekiston şaroitiga moslaştiriş va qöşma taşabbuslarni işlab çiqiş imkoniyatlarini ham körib çiqdi.
Aniq kelişuvlar, investitsiyalar hajmi va loyihalarni amalga oşiriş muddatlari haqida ma’lumot berilmagan.