Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning töqqiz oyida Özbekiston fuqarolarining xorijga taşkiliy tartibda işlaş uçun çiqiş bilan boğliq 12,3 mlrd sömlik xarajatlari qoplab berildi. Mablağlar Migratsiya jamğarmasidan ajratilib, viza, aviaçipta, imtihon va suğurta xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilişga yönaltirildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi xabar berdi.
Tölovlarning eng katta qismi iş vizalarini rasmiylaştiriş xarajatlariga töğri keldi. Uşbu kompensatsiya 4 103 nafar fuqaroga berilgan bölib, tölovlarning umumiy miqdori 7 mlrd 715 mln sömni taşkil etdi.
Yöl çiptalari xarajatlari 3 mlrd 264 mln söm miqdorida 3 981 nafar fuqaroga qoplab berildi. Hayot va soğliqni suğurtalaş xarajatlari uçun esa 4 523 nafar fuqaroga jami 1 mlrd 244 mln söm kompensatsiya tölandi.
Yana 30 nafar fuqaroga til yoki kasbiy imtihonlarni topşiriş xarajatlari qoplab berildi. Uşbu tölovlarning umumiy miqdori 34,9 mln sömni taşkil qildi.
Kompensatsiya oliş uçun fuqarolar «Xorijda iş» platformasida röyxatdan ötişi va xarajatlarni tasdiqlovçi hujjatlarni yuklaşi lozim.
Agentlikda ta’kidlanişiça, xarajatlarni qoplaş Vazirlar Mahkamasining 252-son qarori asosida amalga oşiriladi.