Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özbekneftgaz” davlat kafolati ostida jalb qilingan, umumiy qiymati 1,1 mlrd dollarni taşkil etuvçi kreditlarni qayta moliyalaştiriş böyiça xorijiy banklar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Kompaniya bu orqali örtaça foiz stavkasini 7,7 foizdan 3,8 foizgaça tuşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Suxrob Hamrayev 27 oktyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Qayta moliyalaştiriladigan qarzlarning umumiy summasidan 840 mln dollar Uzbekistan GTL korxonasi hissasiga töğri keladi. Qolgan 260 mln dollar esa bevosita “Özbekneftgaz” tomonidan olingan kreditlardan iborat.
Şu bilan birga, kompaniya avval jalb qilingan moliyalaştiriş şartlarini ham qayta körib çiqmoqda. 2026 yil 30 sentyabr holatiga köra, guruhning kredit qarzdorligi yil boşidagi körsatkiçga nisbatan 417 mln dollarga kamaygan.
Jumladan, “Özbekneftgaz” töqqizta bankdan olingan, umumiy qiymati 384 mln dollar bölgan yuqori foizli 41 ta kredit şartlarini özgartirdi. Natijada kompaniya uşbu qarzlarga xizmat körsatiş xarajatlarini kamaytirib, foiz tölovlaridan taxminan 18 mln dollar tejadi.
Agar ilgari Özbekistonning tijorat banklaridan kreditlar örtaça yillik 9,5–12 foiz stavkada jalb qilingan bölsa, hozir bu körsatkiç 7,4–7,5 foizni taşkil etmoqda.
Kompaniyaning qarz yuki ham kamaymoqda. Suxrob Hamrayevning sözlariga köra, 2025 yil boşida qarz yuki koeffitsiyenti 3,1 ni taşkil etgan bölsa, dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, hozir u 2,2 gaça pasaygan.
2026 yilning yanvar–sentyabr oylari yakunlariga köra, “Özbekneftgaz” va uning tarkibidagi taşkilotlar tomonidan işlab çiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 42 trln sömga yetdi. Işlab çiqariş rejasi 105,7 foizga bajarildi, ösiş sur’ati esa ötgan yilning şu davriga nisbatan 6 foizni taşkil etdi.
Hisobot davrida mahsulotlar eksporti 737 mln dollarga yetdi. Bu rejaning 151 foiziga teng. Investitsiyalar hajmi esa 790 mln dollarni yoki rejalaştirilgan körsatkiçning 101 foizini taşkil qildi.
“Özbekneftgaz”ning sof foydasi 2,9 trln sömga yetdi. Buxoro neftni qayta işlaş zavodi 1,9 trln söm, Şörtan gaz-kimyo majmuasi esa 1,1 trln söm sof foyda oldi. Uzbekistan GTL korxonasining sof foydasi 3,1 trln sömni taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 24 foizga oşdi.
Töqqiz oy davomida guruh davlat byudjetiga 6,9 trln söm ötkazdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 25 foizga köp.
Kompaniya, şuningdek, xarajatlarni optimallaştiriş orqali 1,9 trln söm tejalganini ma’lum qildi. Yillik reja 2,3 trln sömni taşkil etadi. Tovar-moddiy resurslarni xarid qilişdagi tejamkorlik 800 mlrd sömdan oşdi.
Şu bilan birga, xodimlar soni optimallaştirilganiga qaramay, hisobot davrida amaldagi xodimlarning iş haqi fondi 21 foizga oşdi. Kompaniya bu ösişni yil boşidan buyon iş haqi ikki marta oşirilgani bilan izohladi.