Iqtisod

Özbekiston va BMTTD iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişni muhokama qildi

Özbekiston va BMTTD iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişni muhokama qildi
Özbekiston va BMTTD iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişni muhokama qildi / Foto: Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov mamlakatdagi BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) doimiy vakili Akiko Fudzii bilan muzokara ötkazdi. Tomonlar investitsiya va savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildi.

Uçraşuvda investitsiya muhitini takomillaştiriş, taşqi savdo va eksportni rivojlantiriş, şuningdek, qöşma taşabbuslarni ilgari suriş masalalari asosiy mavzulardan böldi.

Iştirokçilar grant mablağlarini jalb qiliş, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT), şuningdek, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qiliş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratdi.

Muzokaralar kun tartibidan Aid for Trade dasturining yangi bosqiçini amalga oşiriş, yaşil moliyalaştirişni rivojlantiriş va xotin-qizlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş masalalari ham örin oldi.

Uçraşuv yakunida tomonlar Özbekistonning barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanişiga qaratilgan şeriklikni yana-da mustahkamlaş va qöşma loyihalarni amalga oşirişdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.