Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — BMB HOLDING Germaniya kompaniyalari va işbilarmon birlaşmalari vakillari bilan muzokaralar ötkazib, Özbekistonda qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildi. Uçraşuvlar savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, Germaniya texnologiyalarini jalb etiş va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirişga qaratildi.
Muzokaralar Toşkent şahrida Germaniya-Özbekiston iqtisodiy hamkorlik byurosi (DUWK Büro) kömagida bölib ötdi. Unda byuro ijroçi direktori Noyobjon Axmadjonov va BMB HOLDING departamenti direktori Bobir Yahyayev iştirok etdi.
Işbilarmonlik dasturi doirasida sanoat, maşinasozlik, zamonaviy texnologiyalar, xalqaro logistika, savdo, aviatsiya va konsalting sohalarida faoliyat yurituvçi Germaniyaning qariyb önta kompaniyasi hamda bitta işbilarmon birlaşmasi vakillari bilan uçraşuvlar ötkazildi.
Jumladan, German Eurasian Business Association, ASTARE GmbH, JOKOBA Teçnologies GmbH, Hammelmann GmbH, Atlantis Zollspedition, MIYAWAKI GmbH, SKM Logistics & Trade GmbH, Life Science Consulting, Stena Line GmbH & Co. KG va MATTHIESSEN Lager- und Recyclingteçnik GmbH vakillari bilan muzokaralar bölib ötdi.
Tomonlar Germaniya kompaniyalarining işlab çiqariş va texnologik imkoniyatlari, innovatsion işlanmalari hamda xalqaro tajribasini körib çiqdi. Sanoat va muhandislik texnologiyalarini joriy etiş, işlab çiqariş jarayonlarini modernizatsiya qiliş, xalqaro logistikani rivojlantiriş va aviatsiya sohasida hamkorlik qiliş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, zamonaviy uskunalar yetkazib beriş, innovatsion yeçimlarni qöllaş, xalqaro savdo operatsiyalarini rivojlantiriş va konsalting xizmatlaridan foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
Germaniyalik hamkorlarga BMB HOLDING faoliyatining asosiy yönalişlari, investitsiyaviy va işlab çiqariş salohiyati, joriy loyihalari hamda xalqaro hamkorlikdagi ustuvor vazifalari haqida ma’lumot berildi.
Muzokaralar yakunida iştirokçilar işbilarmonlik aloqalarini davom ettiriş, hamkorlikning aniq yönalişlari böyiça takliflar tayyorlaş va istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy parametrlarini örganişga kelişib oldi. Kelgusida tomonlar taşabbuslarni muhokama qilişdan ularni amaliy tatbiq etiş bosqiçiga ötiş imkoniyatlarini körib çiqişni rejalaştirmoqda.