Texnologiyalar

Özbekiston va Ozarbayjon IT sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Özbekiston va Ozarbayjon IT sohasida hamkorlikni kengaytiradi
Özbekiston va Ozarbayjon IT sohasida hamkorlikni kengaytiradi / Foto: Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Ozarbayjon raqamli transformatsiya, IT sohasini rivojlantiriş hamda kiberxavfsizlikni ta’minlaş yönalişlarida hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildi.

Muzokaralar Boku şahrida UN Governance Innovation Summit xalqaro sammiti doirasida bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

Özbekiston delegatsiyasiga raqamli texnologiyalar vazirining birinçi örinbosari Ayubxon Sultonov rahbarlik qildi. Ozarbayjon tomonidan uçraşuvda raqamli rivojlaniş va transport vaziri örinbosari Raşad Hasanov boşçiligidagi vazirlik vakillari iştirok etdi.

Tomonlar davlat boşqaruvini raqamlaştiriş, elektron davlat xizmatlarini kengaytiriş va startaplar ekotizimini şakllantiriş sohalarida hamkorlik qiliş imkoniyatlarini körib çiqdi. Ikki mamlakat IT-kompaniyalarining eksport salohiyatini oşiriş masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Uçraşuv iştirokçilari, şuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozorini rivojlantiriş, IT mutaxassislari uçun yuqori malakali iş örinlarini yaratiş hamda sun’iy intellektning soha transformatsiyasiga ta’sirini muhokama qildi.

Muzokaralarning yana bir mavzusi muhim axborot infratuzilmasini himoya qiliş böldi. Ikki mamlakat vakillari kiberxavfsizlik hamda axborot tizimlarini muhofaza qilişda zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş masalalari yuzasidan fikr almaşdi.

Uçraşuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni yana-da rivojlantiriş, tajriba almaşiş va raqamli rivojlaniş sohasida qöşma taşabbuslarni amalga oşirişdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.