Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özmetkombinat” Qoraqalpoğistondagi Tebinbuloq temir rudasi konini Amerikaning Eldridge kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda örganişni boşladi. Bu haqda korxona matbuot xizmati xabar berdi.
Amerikalik mutaxassislar kon hududiga taşrif buyurib, uning salohiyatini baholaş va loyihaning texnik jihatlarini örganişdi. Ertasi kuni Toşkentda tomonlar örtasida texnik muzokaralar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Korxona ta’kidlaşiça, Tebinbuloq konlarini özlaştiriş Özbekiston metallurgiya sanoatining xomaşyo bazasini mustahkamlaş va importga qaramlikni kamaytirişga xizmat qilişi kerak. Mahalliy xomaşyodan foydalaniş pölat işlab çiqarişni rivojlantiriş imkoniyati sifatida ham körib çiqilmoqda.
“Özmetkombinat”da uşbu taşabbus mamlakatning butun metallurgiya sanoati uçun muhim ahamiyatga ega, deb hisoblanmoqda. Kutilayotgan natijalar qatorida yangi iş örinlarini yaratiş, işlab çiqariş barqarorligini ta’minlaş va Özbekistonning sanoat salohiyatini mustahkamlaş qayd etilgan.