7
Sport

Özbekiston 2030 yilgaça velosportni rivojlantiriş maqsadlarini belgiladi

Özbekiston 2030 yilgaça velosportni rivojlantiriş maqsadlarini belgiladi
Özbekiston 2030 yilgaça velosportni rivojlantiriş maqsadlarini belgiladi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev velosiped sportini ommalaştiriş va rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisidagi qarorni imzoladi. 2030 yilgaça mamlakatda velosport bilan muntazam şuğullanuvçi aholi sonini 30 ming nafarga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Hujjatda, şuningdek, milliy terma jamoani Osiyoda velosport böyiça qit’a musobaqalarida kuçli uçlikka kiritiş vazifasi belgilangan. Bundan taşqari, Olimpiya öyinlariga yöllanmalar sonini köpaytiriş va medallar uçun kuraşiş rejalaştirilgan.

2027 yil mart oyidan boşlab mamlakatda aholini velosportga jalb qiliş maqsadida musobaqalar va ommaviy tadbirlar muntazam ötkaziladi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari örtasida «Talabalar kubogi», zarur infratuzilmaga ega maktablarning yuqori sinf öquvçilari örtasida esa «Direktor kubogi» musobaqalari taşkil etiladi.

Nogironligi bölgan şaxslar uçun «Imkoniyatlaring sening qölingda» paravelosport musobaqalari ötkazilişi közda tutilgan. Vazirlik va idoralar xodimlari esa «Yangi Özbekiston» musobaqalarida iştirok etişi mumkin.

Şuningdek, ikkita velomarafon ötkaziş rejalaştirilgan. «Bahor malikasi» velomarafoni 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar örtasida, «Soğlomlik sari» velomarafoni esa «22 sentyabr — Avtomobilsiz kun» aksiyasi doirasida aholi örtasida taşkil etiladi.

Velosport böyiça Respublika ixtisoslaştirilgan sport maktab-internati istiqbolli sportçilarni tayyorlab, ularni keyinçalik milliy terma jamoalarga jalb etiş bilan şuğullanadi. Muassasadagi öquvçilarning umumiy soni 6–11-sinflarda tahsil oluvçi 100 nafar darajasida saqlanadi.

2027/2028 öquv yilidan boşlab maktab-internat tarbiyalanuvçilarining 20 foizi paravelosport yönalişi böyiça ta’lim oladi.

«Özbekistonning yangi olimpiya çöqqilari» musobaqalari doirasida ham velosport böyiça bellaşuvlar muntazam taşkil etiladi.

2027/2028 öquv yili boşlanguniga qadar maktab-internat Özbekiston Velosport federatsiyasi bilan birgalikda umumta’lim maktablari öquvçilari uçun videomateriallar tayyorlaydi.

Toşkent şahri uçun alohida çora-tadbirlar belgilangan. 2027 yil mart oyidan boşlab poytaxt hokimligi mahalliy byudjet mablağlari hisobidan «Toşkent tajribasi»ni tajriba-sinov tariqasida joriy etişni boşlaydi.

2027–2028 yillarda zarur infratuzilmaga ega umumta’lim maktablarini bosqiçma-bosqiç velosipedlar bilan ta’minlaş va murabbiylar bilan hamkorlikni yölga qöyiş rejalaştirilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.