Sport

Baxodir Ahmedov Özbekiston futzal terma jamoasi boş murabbiyi böldi

Baxodir Ahmedov Özbekiston futzal terma jamoasi boş murabbiyi böldi
Baxodir Ahmedov Özbekiston futzal terma jamoasi boş murabbiyi böldi / Foto: Özbekiston futzal federatsiyasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Baxodir Ahmedov Özbekiston futzal böyiça milliy terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Özbekiston futzal federatsiyasi xabar berdi.

Uning rasmiy taniştiruv marosimi va matbuot anjumani 9 noyabr kuni Toşkentda bölib ötadi. Kelişuvga muvofiq, Ahmedov jamoani 2028 yilgi Osiyo kubogi yakunlanguniga qadar boşqarib boradi.

Ahmedov ispaniyalik mutaxassis, Pulpis nomi bilan tanilgan Xose Mariya Pasos Mendesning örnini egallaydi. U soğliği bilan boğliq muammolar sababli terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi.

Pulpis 2026 yil oktyabr oyida Özbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulovga yöllagan maktubida jamoadan ketişi haqida ma’lum qilgan. Uning sözlariga köra, kutilmaganda yuzaga kelgan jiddiy soğliq muammolari uni şartnomada belgilangan muddatdan oldin Özbekistonni tark etişga majbur qilgan. Şifokorlar tavsiyasiga köra, u professional sportdan vaqtinça çetlaşib, davolaniş kursini ötaydi.

Ahmedov uçun milliy terma jamoa bilan işlaş birinçi tajriba emas. Uning rahbarligida Özbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida ikki marta bronza medallarini qölga kiritgan. 2021 yilda Litvada ötkazilgan futzal böyiça jahon çempionatida esa jamoa guruh bosqiçidan muvaffaqiyatli ötib, 1/8 finalga qadar yetib borgan.

Baxodir Ahmedov 1976 yil 9 sentyabrda Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida tuğilgan. U futbolçilik faoliyatini Çirçiqning “Splav”, “Elektroximprom” va “Soliqçi” klublarida boşlagan. Keyinçalik “Yunusobod”, “Ardus” va «Zarafşon qurilişçisi» jamoalari safida mamlakat çempioni bölgan. Murabbiylik faoliyati davomida “Maksam-Çirçiq”ni milliy çempionat sovrindorlari qatoriga olib çiqqan, “Jizzax-Kenteks” bilan esa Özbekiston çempionligini qölga kiritgan.

Ayni paytda terma jamoa FIFA xalqaro taqvimi doirasida Toşkentda öquv-maşğulot yiğini ötkazmoqda.

Tayyorgarlik jarayonida jamoa Tojikiston terma jamoasi bilan ikkita örtoqlik uçraşuvini ötkazadi. Birinçi bahs 8 noyabr kuni Milliy terma jamoalar markazi zalida tomoşabinlarsiz bölib ötadi. Ikkinçi uçraşuv esa 10 noyabr kuni “Yunusobod” sport majmuasida soat 18:00 da boşlanadi. Tomoşabinlar uçun kiriş bepul.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.