Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston futbol assotsiatsiyasi 2027 yilgi Osiyo kubogi ötkaziliş muddati özgartirilganidan keyin Fabio Kannavaroning milliy terma jamoa boş murabbiyi lavozimini tark etişi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi.
Sönggi soatlarda bir qator xorijiy ommaviy axborot vositalarida italiyalik mutaxassis turnir sanalarining özgarişi munosabati bilan jamoani tark etişi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Biroq Özbekiston futbol assotsiatsiyasida uşbu xabarlar haqiqatga töğri kelmasligi ma’lum qilindi.
Taşkilot ommaviy axborot vositalari vakillari hamda futbol muxlislarini tasdiqlanmagan ma’lumotlarga işonmaslikka va faqat rasmiy xabarlarga tayanişga çaqirdi.
Uşbu xabarlar tarqalişiga futbol böyiça taniqli insayder va jurnalist Fabritsio Romanoning X ijtimoiy tarmoğidagi bayonoti sabab böldi. Uning yozişiça, Osiyo kubogini ötkaziş muddatini özgartiriş töğrisidagi qarordan söng Kannavaro Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi lavozimini tark etiş imkoniyatini körib çiqişi mumkin.