Shoshilinch
Sport

Özbekiston paralimpiyaçilari yana sakkizta medal qölga kiritdi

Özbekiston paralimpiyaçilari yana sakkizta medal qölga kiritdi
Özbekiston paralimpiyaçilari yana sakkizta medal qölga kiritdi / Foto: Özbekiston Milliy paralimpiya qömitasi..

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 23 oktyabr kuni Özbekiston terma jamoasi Ayti-Nagoyada ötayotgan 2026 yilgi Osiyo Para öyinlarida yana sakkizta medal — ikkita oltin, ikkita kumuş va törtta bronza medalini qölga kiritdi.

Xurşid Qodirov 100 metrga yugurişda Osiyo rekordini örnatib, ğolib böldi. Bu haqda Özbekiston Milliy paralimpiya qömitasi xabar berdi.

Qodirov erkaklar örtasida T71/72 sinflarida 100 metrga yuguriş böyiça finalda 15,40 soniya natija bilan ğalaba qozondi.

Ikkinçi oltin medalni Muslima Odilova keltirdi. U ayollar örtasida S13 sinfida 100 metrga batterflyay usulida suzişda 1 daqiqa 7,93 soniya natija bilan ğolib böldi. Mubinabonu Xalilova uşbu yönalişda 1 daqiqa 19,73 soniya natija körsatib, kumuş medalni qölga kiritdi. Bronza medali Qozoğiston sportçisiga nasib etdi.

Erkaklar örtasida T11 sinfida uzunlikka sakraş musobaqasida Urgançbek Egamnazarov 6,17 metr natija bilan kumuş medal sohibi böldi.

Qobiljon Şodiyev 5,74 metrga sakrab, bronza medalni qölga kiritdi. Musobaqada xitoylik sportçi ğolib böldi.

Özbekiston sportçilari suziş va disk uloqtiriş böyiça yana uçta bronza medaliga sazovor böldi. Lolaxon Qodirova ayollar örtasida S5 sinfida orqaga suziş musobaqasida 42,97 soniya natija qayd etdi.

Sardor Baxtiyorov erkaklar örtasida S7 sinfida 50 metrga erkin usulda suziş finalida 29,72 soniya natija bilan uçinçi örinni egalladi.

Bunyod Xolmurodov erkaklar örtasida F54/55/56 sinflarida disk uloqtiriş musobaqasida snaryadni 34,70 metrga uloqtirib, bronza medalini qölga kiritdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.