Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Mariya Timofeyeva O‘zbekiston ayol tennischilari orasida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. U WTA reytingida 63-pog‘onani egallab, faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
Mariya Timofeyeva Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA)ning yangilangan reytingida 63-o‘ringa ko‘tarilib, O‘zbekistonning ayol tennischilari orasida birinchi raketkasiga aylandi. Bu uning faoliyatidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Timofeyevaning avvalgi shaxsiy rekordi 68-o‘rin edi.
Pekinda bo‘lib o‘tgan WTA 1000 toifasidagi turnirda tennischi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, uchinchi davragacha yetib bordi va reytingi uchun 135 ochko jamg‘ardi.
Avval O‘zbekiston tennischilari orasida birinchi o‘rinni Kamilla Rahimova egallab kelayotgan edi. Yangilangan reytingda u 69-o‘rindan joy oldi va Timofeyevaning olti pog‘ona ortda qoldi.