Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi. 67 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida yunon-rum kurashi bo‘yicha musobaqalar chempioni Aytjan Xalmaxanov bo‘ldi.
Final bellashuvida o‘zbekistonlik sportchi Yaponiya vakili Ketaro Sogabe bilan kuch sinashib, g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Xalmaxanov o‘z vazn toifasida Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylanib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shdi.