Sport

Özbekiston konkur böyiça xalqaro turnirda olti medal qölga kiritdi

Özbekiston konkur böyiça xalqaro turnirda olti medal qölga kiritdi
Özbekiston konkur böyiça xalqaro turnirda olti medal qölga kiritdi / Foto: Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston terma jamoasi Ostona şahrida yakunlangan konkur böyiça FEI Jumping World Cup Eurasian League Final CSI-W LF Astana 2026 xalqaro musobaqasida olti medal qölga kiritdi.

Sportçilarimiz hisobida ikkita oltin, uçta kumuş va bitta bronza medali bor.

Musobaqalar Qozoğiston poytaxtida tört kun davomida bölib ötdi.

Ikkita oltin medalni Alişerjon Erkinjonov va Azam Tolibboyev qölga kiritdi. Erkinjonov Cool Dancer laqabli ot ustida 125 sm balandlikdagi tösiqlar böyiça bahslarda birinçi örinni egalladi. Tolibboyev esa Lady laqabli ot bilan 130 sm balandlikdagi tösiqlar böyiça musobaqada ğolib böldi.

Jamoa hisobidagi uçta kumuş medalni Bekzod Qurbonov va Azam Tolibboyev keltirdi. Qurbonov Santos Hippica laqabli ot bilan 145 va 150 sm balandlikdagi tösiqlar böyiça bahslarda ikkinçi örinlarni egalladi. Tolibboyev esa Lady laqabli ot bilan 125 sm balandlikdagi tösiqlar böyiça musobaqada kumuş medal sohibi böldi.

Yana bir medal — bronza mukofotini Bekzod Qurbonov qölga kiritdi. U Santos Hippica laqabli ot bilan 140 sm balandlikdagi tösiqlar böyiça bahslarda uçinçi örinni egalladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.