Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida 15 ta xorijiy davlatga qiymati 40,4 million dollarlik 139 ming tonna tarvuz eksport qildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
2025 yilning şu davriga nisbatan tarvuz eksporti qiymati 7,6 million dollarga yoki 23,3 foizga oşdi.
Özbek tarvuzining eng yirik importyor davlat Rossiya böldi. Uşbu mamlakatga 68,7 ming tonna mahsulot yetkazib berilgan. Ikkinçi örinni 41,9 ming tonna tarvuz import qilgan Qozoğiston egalladi.
Qirğiziston 25 ming tonna, Belarus 2,1 ming tonna tarvuz import qildi. Tojikistonga esa 424,1 tonna mahsulot yetkazib berildi.
Eksportning boşqa yönalişlari orasida Mongoliya ham bor. Uşbu mamlakatga 286,1 tonna tarvuz jönatilgan. Şuningdek, Gruziyaga 228 tonna, Litvaga 206,1 tonna mahsulot eksport qilingan.
Ukraina 84 tonna, Polşa esa 58,7 tonna tarvuz xarid qilgan. Eksportning qolgan 79,7 tonnasi boşqa davlatlar hissasiga töğri keldi.