Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 17 noyabr kuni Özbekistonda Markaziy bank boşqaruvi qarori bilan tasdiqlangan banklarni sanatsiya qilişning yangi tartibi kuçga kirdi. Bu haqda Özbekiston Markaziy banki xabar berdi.
Banklarni sanatsiya qiliş tartibi töğrisidagi nizom 16 noyabr kuni Adliya vazirligida 3976-son bilan davlat röyxatidan ötkazildi.
Hujjat moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelgan banklarni moliyaviy soğlomlaştiriş tartib-taomillarini hamda ularning muhim xizmatlari uzluksiz körsatilişini ta’minlaş çoralarini belgilaydi.
Xususan, nizomda maxsus boşqaruvçini tayinlaş, muammoli bankning aktivlari va majburiyatlarini boşqa kredit taşkilotiga ötkaziş, zarurat tuğilganda esa ötkinçi bank taşkil etiş tartiblari tartibga solingan.
Şuningdek, hujjat bankning moliyaviy holatini tiklaş tartibini belgilaydi hamda sanatsiya jarayonida omonatçilar va kreditorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiliş çoralarini nazarda tutadi.
Yangi mexanizm banklarda moliyaviy qiyinçiliklar yuzaga kelgan taqdirda muhim bank xizmatlari uzluksiz körsatilişini ta’minlaş, omonatçilar manfaatlarini himoya qiliş va moliyaviy barqarorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.
Sanatsiya — moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelgan bank faoliyatini tiklaş yoki uning muhim xizmatlari uzluksiz körsatilişini ta’minlaşga qaratilgan çora-tadbirlar majmuasidir.